Xamsa
Xamsa — qora dengiz va Azov dengizi anchous balikdari kenja turlarining umumiy nomi. Qora dengiz Xamsasining uzunligi 13-15 santimetrgacha; qora dengizda doimiy yashaydi; yozda suvning yuza qatlamlarida, qishda 70-80 metrgacha chuqurlikda uchraydi; Gruziya va Janubiy Qrim sohillari yaqinida qishlaydi. Azov Xamsasining uzunligi 10-14 santimetr, yozda Azov dengizida tarqaladi, qishlash uchun qora dengizga o’tadi. Xamsa dengizdagi eng ko’p sonli baliq; skumbriya, pelamidalar, belugalar, delfinlar, suv qushlarining asosiy ozig’i hisoblanadi. 3-4 yil umr ko’radi; 2 yilda voyaga yetadi. Iliq mavsumda ko’payadi; 20-25 ming tuxum qo’yadi. Ovlanadi.