Xo’janiyozov Maxset Saparovich
Xo’janiyozov Maxset Saparovich (1947.4.4, Nukus) — opera xonandasi (bas). O’zbekiston (1993), Qoraqalpog’iston (1980), Tatariston (1981) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1972). 197274 yillar Navoiy teatrida, 1974 yildan Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida yakkaxon xonanda, ayni paytda Nukus musiqa bilim yurtida o’qituvchi. Opera sahnasida Primbiy (N. Muhammaddinov, «Ajiniyoz»), Gremin (P. Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin»), Kdri lo’li (S. Raxmaninov, «Aleko») kabi partiyalarni ijro etgan. Kontsert repertuaridan qoraqalpoq (T. Esirkenovning «O’zbekistonim»), o’zbek (H. Rahimovning «sevimli yor», T. Sodiqovning «jonon ko’rinur») va chet el mumtoz kompozitorlar (Brams, Betxoven, Verdi va boshqalar)ning romans, qo’shiq va ariyalari, shuningdek, qoraqalpoq xalq ko’shiklari («Bo’zatov», «Jetiasirim») o’rin olgan. Mintaqaviy (Toshkent, 1972) va xalqaro (Toshkent, 1977; Rio de janeyro, 1979) tanlovlar laureati. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat mukofoti laureati (1983).