Xabibulin Ozad Garifovich
Xabibulin Ozad Garifovich (1949.26.7, G’ijduvon) — monumental rangtasvir ustasi, O’zbekiston xalq rassomi (2004). Toshkent teatr va rassomlik san’ati intini tutatgan (1973). 1974 yildan Toshkent haykaltaroshlik va monumental san’at kombinatida rassom. Xabibulin ijodida majoziy qiyofalar shakl va milliy naqqoshlik san’atining uyg’unligida o’ziga xos yangicha talqinga ega bo’ldi: «Planeta hayoti» (O’zbekiston Respublikasi matbuot markazida), «Sharq allomalari» (O’zbekiston Respublikasi fan va texnika markazida), «Amir Temur saltanati» (O’zbekiston Baynalmilal madaniyat markazida), «Ilhom parisi», «Sirli olam» (O’zbekiston konservatoriyasida); «baxt uyi» (Navoiy shahri), O’zbekiston qurolli kuchlari tarixi muzeyi, «Toshkent» va «Oybek» metro bekatlaridagi kulollik va mozaika bezaklari va boshqalar 1977 yildan Respublika va xalqaro ko’rgazmalarda ishtirok etadi.