Xalq banki

Xalq banki, O’zbekiston Respublikasi davlat tijorat xalq banki — Yirik universal davlat tijorat jamg’arma banki. 1992 yilda sobiq davlat mehnat jamg’arma kassalari (1923) negizida tashkil etilgan mehnat jamg’armalari va aholini kreditlash maxsus banki — SSSR jamg’arma banki (1987)ning O’zbekiston bo’limi asosida O’zbekiston jamg’arma banki tashkil etildi. 1995 yilda bu bank hukumatning maxsus qarori bilan O’zbekiston Respublikasi davlat tijorat xalq banki deb nomlandi. Boshqaruvi Toshkent shahrida. Bank ta’sischilari: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (51%) va O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki (49%). Xalq banki keng tarmokdi universal bank, respublikadagi bank tizimining yirik bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. 14 ta hududiy filiali, 188 tuman (shahar) filiali, 144 mini bank, 2517 ta shoxobchalarga ega (2004). Jismoniy va yuridik shaxslarga barcha turdagi bank xizmatlarini ko’rsatadi. Bankning asosiy vazifalari: Respublikada bank jamg’arma ishlarini rivojlantirishga qaratilgan depozit siyosatini olib borish; aholining bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga jalb qilish va ular hisobiga shakllangan resurslarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yo’naltirish; davlat va boshqa emitentlarning qimmatli qog’ozlarini xarid qilish, saqlash, hisobga olish hamda ikkilamchi bozorda oldisotdi muomalasini amalga oshirish; lahzali va boshqa turdagi lotereyalarni tashkil qilish va o’tkazish; xo’jalik sub’yektlari va yakka tartibda faoliyat ko’rsatadigan tadbirkorlarga mikrokreditlar berish; yuridik va jismoniy shaxslarga hisobkitob — kassa xizmati ko’rsatish, uchinchi shaxs foydasiga to’lovlar qabul qilish va boshqalar. Bank muassasalari davlat tomonidan ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan nafaqa va yordam pullarini egalariga tarqatdi. Xalq banki Jahon jamg’arma banklari inti, Germaniya xalqaro hamkorlik bo’yicha jamg’arma kassalari fondi bilan hamkorlik qiladi. Xalqaro jamg’arma banklari assotsiasiyasi, «SWIFT», «WESTERN UNION» xalqaro to’lovlar tizimiga a’zo. Bankning jami aktivlari (ming so’m) — 70534634, bank kapitali — 14018286, investisiyalari — 2871773, kredit portfeli — 12180978, bank maj- buriyatlari — 56616348, daromadi — 15004633, likvidligi — 88,7% (2004, 1 yanvar; 2002 yilda tegishlicha 31850108; 5914903; 312964; 5270258; 25935205; 7797813; 85,1%). Adham Haydarov.