Xibin tog’lari
Xibin tog’lari (fin tilida Xibin — kichik tepa ma’nosini angla- tadi) — Kola yarim orolidagi tog’massivi. Rossiya Federatsiyasi Murmansk viloyatida. Maydoni 1300 km2, eng baland joyi 1191 metr. Plato shaklida bo’lib atrofi botqoklashgan past baland tekislik. Tog’ tundrasi mavjud. Tog’ yon bag’irlari va etaklari igna bargli o’rmon va past bo’yli qayinzorlar bilan qoplangan. Ayrim joylarida muzlik va qorliklar bor. Qor ko’chkilari teztez kuzatiladi. Yovvoyi hayvonlardan lemming, qutb tulkisi, tundra kakligi, oq boyo’g’li yashaydi. Xibin tog’lari intruziv massivi, nefelin, sienitlardan tashkil topgan. Boy apatitnefelin rudalari konlari ochilgan. Ular negizida apatit sanoati yuzaga kelgan. Vudevrchorr tog’ida dunyodagi yagona qutbalp botanika bog’i joylashgan.