Oygul, moh

Oygul, moh — ko’p yaproqli moychechak shaklidagi naqsh. Oygul yaproqlar soniga qarab 3 yaproqli, 4 yaproqli, 5 yaproqli Oygul deb nomlanadi. Naqqoshlik va miskarlikda o’simliksimon naqsh bo’lagi hisoblanib, ustalar naqsh mujassamotini yaratganda, idishlar bezagida qo’llanadi. Oyguli islimiy naqshi tanob bilan bandning murakkab aylanma harakatidir. Oygulni naqqoshlar baxt-iqbol ramzi sifatida qo’llab kelganlar. Buxoroda naqshi mohiy deb yuritiladi.