Ombor, ombor binolari

Ombor, ombor binolari -1) oziq-ovqat, asbob-anjom, xom ashyo, mahsulotlar, uskunalar, har xil materiallar saqlanadigan joy. Omborlarning usti ochiq, yarim yopiq (bostirma), ko’p oraliqli, ko’p qavatli, isitiladigan, isitilmaydigan turlari mavjud. Omborlar tosh, shag’al, tsement, g’isht, yog’och va boshqa materiallardan quriladi; 2) suv to’planadigan joy, suv havzasi, masalan, suv ombori.