O’Nil (O’Neill) Yujin Gladstoun
O’Nil (O’Neill) Yujin Gladstoun (1888.16.10, Nyu-York – 1953.27.11, Bo- ston) — Amerika dramaturgi. Adabiy faoliyatini 1912 yil she’rlar yozish bilan boshlagan. 1914 yilda «tashnalik» va boshqa bir pardali pyesalar to’plami chop etilgan. 1916 yilda «Kardiffdan Sharq tomonga» pyesasi sahnalashtirilgan. Realizm va ekspressivlik, ramz va mubolag’a uyg’unlashib ketgan pyesalarida inson turmushining ziddiyatli tomonlari tasvirlangan. O’Nil asarlarining asosiy mavzulari: ezgu orzu-umidlarning kundalik, turmush tashvishlari bilan fojiali darajada mos kelmasligi («Ufq ortida», 1920); boylik to’plashga intilishda va unga erishish yo’lida odamiylik xislatlarining yo’qola borishi («shoir qalbi», 1957); irqiy ziddiyatlar («Xudoning barcha bandasida qanot bor», 1924); avlodlar urtasidagi fojiali nizolar («Uzun kun tunga ulanadi», 1956); shaxening insoniylik mohiyatidan uzoqlashuvi («boyroq qasrlar», 1939) va boshqalar. Monumental afsonaviy va majoziy tragediyalari bor («motam — Elektraning qismati», 1931; «muz tashuvchi yaqin kelmoqda», 1946). Nobel mukofoti laureati (1936).