MANGOSTAN
MANGOSTAN, mangustan (Gareinia mangostana) — dalachoydoshlar oilasiga mansub ikki uyli past bo’yli daraxt. Bargi qalin, yaxlit, to’q yashil. Guli yakka yoki to’p-to’p, gulbargi qalin, pushti. Vatani — Malakka va Malay arxipelagi. Osiyo tropiklarida mevasi uchun o’stiriladi. Mevasi dumaloq (apelsindek) qizil yoki jigarrangbinafsha, xushbo’y, mazasi nordonshirin, iste’mol qilinadi.