Marash

Marash — Turkiyaning Janubiy qismidagi shahar. Marash elining ma’muriy markazi. Aholisi 242 ming kishidan ziyod (1990-yillar oxirlari). Avtomobil yo’llari tuguni. Qishloq xo’jalik rayonining muhim savdo-transport markazi. Oziq-ovqat, to’qimachilik, metallsozlik sanoati korxonalari bor. Qo’lda gilam to’qiladi.