Marvaziy Abulabbos
Marvaziy Abulabbos (? – 815) -fors shoiri, qasidanavis. Marvda yashab ijod etgan. Asarlari turli tazkiralarda saqlanib qolgan. Muhammad Avfiyning «Lubob ul-albob» («Mag’izlarning mag’zi», 1222) tazkirasida yozilishicha, Marvaziy abbosiylardan xalifa Ma’munning Marvga kelishiga bag’ishlab qasida yozgan, bu fors tilida bitilgan birinchi qasidadir.