Mastchoh dovoni

Mastchoh dovoni – Mastchoh daryosining yuqori qismidagi dovon. Olay, Turkiston va Zarafshon tizmalari tutashgan joy (Tojikiston)da. Balandligi 3906 metr. Mastchoh dovoni atrofida Pomir-olay tizmalarining shimoldagi yirik muzliklar joylashgan. Mastchoh dovoni orqali Zarafshon daryosining yuqori qismi Sux daryosi vodiysiga o’tiladi.