Mahmudova Oliya Teshaevna

Mahmudova Oliya Teshaevna (1939.30.9, Buxoro) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2002). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1962). 1962 yildan Jondor tumanidagi 3-maktabda matematika va chizmachilik fani o’qituvchisi. Mahmudova darslarni yangi pedagogik texnologiya asosida, texnika vositalaridan unumli foydalangan holda o’tadi.