«Xazoyin ul-maoniy»

«Xazoyin ul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») — Alisher Navoiyning asari. 1491-96 yillarda tartib berilgan. «Xazoyin ul-maoniy» — «G’aroyib US-sig’ar» («Yoshlik g’aroyibotlari»), «Navodir ush-Shabob» [«yigitlik nodirlik (she’r)lari»], «Badoe’ul-vasat» («O’rta yosh badialari») va «Favoyid ul-kibar» («Keksalik foydalari») nomli devonlardan tarkib topgan mukammal yig’ma devon. Xalq orasida «Chor devon» deb ham yuritiladi. «Xazoyin ul-maoniy»ning tuzilish tarixini Alisher Navoiyning o’zi «Xamsat ulmutahayyirin», «munshaot», «Muhokamat ul-lug’atayn», ayniqsa, «Xazoyin ul-maoniy»ga maxsus yozgan «debocha»sida bayon etgan. Ushbu asarlarda yozilishicha, Abdurahmon Jomiy o’z she’rlarini to’plab (1491 — 92), 3 devon tuzgan va Navoiyga taqdim etgan. Navoiy bu devonlarning aralashib ketmasligi uchun ularga maxsus nomlar qo’yishini maslahat bergan. Navoiy maslahati Jomiyga ma’qul tushgan va u devonlarini «Fotihat ushshabob» («yoshlikning boshlanishi»), «Vositat uliqd» («bog’lanish vositalari»), «Xotimat ulhayot» («hayot xotimasi») kabi nomlar bilan atab, umumiy «Debocha» yozgan hamda bu fikrning Navoiydan chiqqanligini alohida ta’kidlagan. Shundan so’ng, Navoiy ham ustozi taklifi bilan barcha lirik she’rlarini to’plab «Xazoyin ul-maoniy»ni tuzishga kirishgan. «Xazoyin ul-maoniy»ning yuzaga kelishi Jomiy va Navoiy do’stligining, o’zbek va tojik adabiyotlari o’rtasidagi aloqalarning yorqin dalilidir. «Xazoyin ul-maoniy» 45 ming mieraga yaqin, 3130 dan ortiq lirik she’rlardan tuzilgan. Unga shoirning 7-8 yoshidan boshlab umrining oxiriga qadar yozgan O’zbekcha she’rlari kiritilgan. «Xazoyin ul-maoniy» tarkibida qariyb 2600 g’azal, 210 qit’a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 10 muxammas, 10 chiston, 13 tuyuq, 4 mustazod, 5 musaddas, 4 tarji’band, musamman, tarkibband, qasida, masnaviy, soqiynoma mavjud. Har bir janrdagi she’rlar qofiyasi yoki radifidagi tugallanuvchi harfga qarab ma’lum tartib asosida joylashtirilgan. «Xazoyin ul-maoniy» o’z davridagi ma’naviy hayotning o’ziga xos qomusi bo’lib, shoir o’z she’rlarida hayotni, insonni, uning olijanob tuygu va intilishlarini ulug’lagan. «Xazoyin ul-maoniy»ni yaratish uchun shoir o’zining butun umrini sarflagan va bu bilan g’oyat faxrlanganini asarning «Debocha»sida quyidagicha yozadi: Sarf etdim anga umr bahorin dog’i, Bo’stoni hayotu lolazorin dog’i. Oldida xazoni zar nisorin dog’i, Kofur fishon qish bila qorin dog’i. Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy» bilan o’zbek she’riyatining janr va mavzu doirasini yanada boyitdi. O’zbek she’riyatida biron ijodkor bunday mukammal devon tuzish darajasiga ko’tarila olmagan. Shoirning bu devoni qo’lyozma nusxalarda tuda va qisqartirilgan holda bir qancha mamlakatlarda qaytaqayta ko’chirilgan va ko’p bor nashr etil gan. Nashri: Xazoyin ulmaoniy, 1—4j., T., 195960; Ad.: Hayitmetov A., Navoiy lirikasi, T., 1961.