Xayrullayev Muzaffar Muhitdinovich

Xayrullayev Muzaffar Muhitdinovich (1931.17.11, Qo’qon 2004.26.3, Toshkent) — faylasuf olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1989), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1981), Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1991), falsafa fanlari doktori (1966), professor (1967). O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1951). 1954-55 yillarda Samarqand va Toshkent oliy o’quv yurtlarida o’qituvchi. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutining katta ilmiy xodimi (1955-58), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa bo’limi mudiri (1958— 59). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa va huquq inti sektor mudiri, so’ng direktor o’rinbosari (1959-61), direktori (1961-70; 1975-80). Ayni vaqtda Toshduda (1955-57; 1962-65), ToshTIda (1957-60) o’qituvchi. O’zbekiston KP MKda bo’lim mudiri (1970-75). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori (1980 -87; 1993-2004). 1987— 89 yillarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi falsafa, iqtisod va huquq fanlari bo’limining akademik kotibi, 1988-93 yillarda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq intida bo’lim mudiri. Asosiy ilmiy ishlari O’rta Osiyo xalqlari falsafiy tafakkuri tarixi, xususan, Forobiy dunyoqarashi, mantiq, etika, estetika, ma’naviyat va madaniyat nazariyasi masalalariga bag’ishlangan. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1992). «Mexnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003). As: Forobiy va uning falsafiy risolalari, T., 1963; Mirovozrenie Farabi i ego znachenie v istorii filosofii, T., 1967; Uyg’onish davri va Sharq mutafakkiri, T., 1971; Madaniyat va meros, T., 1975 (hammualliflikda); Farabi. Epoxa i uchenie, T., 1975; Abu Nasr alfarabi, M., 1982; Mantiq, T., 1993 (hammuallifliqda); O’rta Osiyoda ilk uyg’onish davri madaniyati, T., 1994.