Memorial lavha

Memorial lavha (lotincha memorialis — yodgorlik) — yozuv bitilgan (ba’zan tasvirli) metall, marmar, granit taxta; yodgorlik. Mamlakat, shahar tarixi va mashhur shaxslar hayotidagi muhim voqea va sanalarni abadiylashtirish maqsadida yaratilib, odatda, binolar devoriga o’rnatiladi.