Ol

Ol (turkcha)-dushmanni chalg’itish uchun o’rta asrlarda qo’llanilgan hiyla-nayrang, taktikaviy usul. Kichik bir qismni chekinishga buyurib, uni ta’qib qilib hujumga o’tgan dushmanni pistirma iskanjasiga olish. Ol usullaridan biri to’lg’ama deb atalgan. Bunda dushmanning so’l va o’ng tarafidan o’tib zarba berilgan. Dastlab Chingizxon, Temur va Abdullaxon o’z yurishlarida Ol usullaridan ustalik bilan foydalanilgan.