Sho’rchi

Sho’rchi — Surxondaryo viloyati Sho’rchi tumanidagi shahar (1976 yildan), tuman markazi. Temir yo’l stantsiyasi. Termizdan 122 kilometr shimoli Sharqda, Surxon vohasining o’rta qismidagi tekislikda joylashgan. Sho’rchi yonidan Surxondaryodan suv oladygan Qumqo’rg’on kanali oqib o’tadi. Aholisi 21,3 ming kishi (2003). 5-8 va 9-12-asrlarda Sho’rchi hududida barangi qishlog’i bo’lganligi to’g’risida kudain va Ibn Xurdodbeh asarlarida qayd etilgan. 11-12-asrlarda Barangida bir necha masjid bo’lgan. Sho’rchida «don mahsulotlari», «Sho’rchipaxta» aktsiyadorlik jamiyatlari, bosmaxona, MTP, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish uyushmasi, «Sho’rchimebel» kompaniyasi, pillakashlik fabrikasi, 2 non zavodi, «Istiqlol» poyabzal ishlab chiqarish korxonasi, respublika miqyosidagi yirik elevator, tegirmonlar, kichik va qo’shma korxonalar, firmalar ishlab turibdi. Umumiy ta’lim, bolalar musiqa maktablari, 2 ta maxsus internat, ixtisoslashtirilgan internat maktabi mavjud. 3 kasb-hunar kolleji (qishloq xo’jalik, kommunal xo’jaligi, tibbiyot kollejlari) bor. Tuman Markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari, shahar kutubxonasi, ko’zi ojizlar kutubxonasi, madaniyat va istirohat bog’i, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko’rsatadi.