Sho’rak

Sho’rak — sho’radoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t, butacha, buta va past bo’yli daraxt o’simliklar turkumi. Barglari navbatlashib joylashadi, etli. Gullari ikki jinsli. 150 turi ma’lum. Ko’pincha Yevrosiyo, Afrika, Amerika va Avstraliyada tarqalgan. O’rta Osiyoning sho’rxok, sho’rtob va qumloq yerlarida o’sadi. Sho’rakning cherkez, boyalish kabi turari tuya, qo’y va echkilar uchun qimmatli ozuqa. Ba’zi turlari ko’chma qumlarni mustahkamlash uchun ekiladi va yoqilg’i sifatida foydalaniladi, ba’zilari (masalan, cherkez) dorivor.