Reprivatizatsiya

Reprivatizatsiya (re… va lotincha privatus — xususiy) — ilgari davlat ixtiyoriga olingan korxona, bank, aktsiya va boshqalarni qaytadan xususiylashtirish. Bu bilan davlatlashtirilgan ishlab chiqarishdan xususiylashgan va sog’lom raqobatga tayangan iqtisodiyotga o’tiladi. Reprivatizatsiya iqtisodiyotni erkinlashtirib, iqtisodiy o’sishga yo’l ochib berishi bilan bozor iqtisodiyoti talablariga mos tushadi.