Vintli konveyer, shnek

Vintli konveyer, shnek – sochiluvchan yuklarni (masalan, donni) gorizontal va qiya tekislikda yaqin masofaga uzluksiz tashiydigan qurilma. Ish organi novda joylashgan vint. Harakatlantirish mexanizmi yordamida vint aylanganda yuk nov bo’ylab siljiydi. Vintli konveyer qurilishda (tsement va boshqalar), elektr stansiyalarida (ko’mir kukuni va boshqalar), kimyo sanoati va boshqa tarmoqlarda changiydigan, zaharli va boshqa materiallarni tashishda ishlatiladi.