Vint
Vint (nemischa Gewinde — qirqma, rezba) — 1) rezbali tsilindrik sterjen. Mashina va stanoklarning qismlarini harakatlantirish (yurgizish vinti) uchun mo’ljallangan, detallarni bir-biriga biriktirish (biriktirish vinti) uchun ishlatiladigan xillari bo’ladi. Birinchisida Vint vintli uzatmaning yetakchi avenosi hisoblanadi. Yetaklanuvchi zveno yetakchi zveno rezbasiga monand rezba kesilgan reykadan iborat bo’ladi. Ikkinchisida sterjenga tashqi rezba kesiladi, kallagida shlisa (buragich, ya’ni otvertka uchun ariqcha) bo’ladi; 2) Vertolyot, samolyot kemaning harakatlanishini ta’minlaydigan vintsimon parrakli val (havo Vinti., eshkak Vint).