Valday qirlari
Valday qirlari, Valday – Rossiya Federatsiyasi Yevropa qismining shimoli-g’arbidagi qirlar. Uzunligi 600 kilometr. Valday qirlaridan Volga, G’arbiy Dvina, Lovat, Meta, Syas, Mologa va boshqa daryolar boshlanadi. Eng baland joyi — 343 metr (sna daryosining yuqori oqimida). Valday qirlari paleozoyning ohaktosh, slanes va mergellaridan tarkib topgan; bu tub jinslar shimoli-g’arbda ochilib qolgan va Ilmen paettekisligi ustidan tik ko’tarilib turadi. Valday qirlarining yer yuzasi o’rqir, Markaziy qismida ko’l va botqoqliklar bor. Torfli botqoq, ko’l va igna bargli o’rmonlar orasidagi kambar erlarda dehqonchilik qilinadi. Turizm rivojlangan.