Valaxiya

Valaxiya — Ruminiyaning Janubidagi tarixiy viloyat. Karpat tog’lari bilan Dunay daryosi oralig’ida joylashgan; Olt daryosi Valaxiyani o’rtasidan ikkiga (Munteniya va Olteniya) ajratadi. Valaxiya 14-asrdan Knyazlik, 16-asrdan Turkiya hukmronligi ostida. Adrianopol sulh shartnomasi (1829 yil)ga ko’ra, amalda muxtoriyat huquqini olgan (1856 yilgacha Rossiya vasiyligida bo’lgan). 1859-61 yillarda Moldova bilan yagona davlat bo’lib Birlashgan (1862 yil yanvardan — Ruminiya knyazligi).