Van
Van — Turkiya sharqida, tog’ oralig’idagi oqmas sho’r ko’l. Dengiz sathidan 1720 metr balandlikdagi tektonik soylikda joylashgan. Maydoni 3764 km2. Chuqurligi 145 metr. Sho’rligi 19,1%. Ko’l suvi Subxon va Namrut vulkanlarining otilishi vaqtida chiqqan jinslar bilan to’silib qolgan. Vandan tuz olinadi, baliq ovlanadi va mahalliy kema qatnovi (Anqara — Tabriz temir yo’l paromi) mavjud. Sharqiy sohilida Van shahri bor.