Magarach
Magarach — o’rta kechpishar vinobop uzum navi. R. R. Shreder nomidagi Bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik institutining Qibray tumanidagi vinochilik filialida Takveri navi urug’idan ko’kartirilgan o’simlikni pti Bushe navi bilan chatishtirib chiqarilgan (P. V. Mixaylova). Navga Ukrainaning Krim viloyati Yalta sh.da joylashgan sobiq «Magarach» Butunittifoq uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti nomi berilgan (institut 1941-45 yillardagi urush davrida shu filialga evakuatsiya qilingan). Tupi kuchli usadi. Bargi o’rtacha, 5 bo’lmali, kertikli, ters tomoni tuksiz. Guli 2 jinsli, boshi yirik, konussimon, o’rtacha tig’iz. G’ujumi dumaloq, qora. Po’sti yupqa, eti sersuv, shirasi to’q qizil rangda. Hosili kurtak yozishidan faol harorat yig’indisi 2800°-2900° da 156 kunda pishib yetiladi. Novdalari yaxshi pishadi. Hosildorligi 140-380 ts/ga. Sovuqqa chidamsiz. Oidium bilan kamdan-kam zararlanadi. Magarachdan oliy sifatli qizil disert vinolar tayyorlanadi. O’zbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan.