Magdeburg

Magdeburg — Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerining ma’muriy markazi. Aholisi 239,4 ming kishi (1998). Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni, Elba daryosidagi port. Mamlakatning muhim sanoat va savdo-transport markazlaridan. Og’ir mashinasozlikning yirik markazi. Magdeburgda umumiy mashinasozlik, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish, qishloq xo’jalik mashinasozligi, priborsozlik, Daryo kemasozligi rivojlangan. Shuningdek, kimyo, kimyofarmasevtika, oziq-ovqat, tikuvchilik, ko’n-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Magdeburg — mamlakatning madaniy markazlaridan: milliy teatr, yangi shahar teatri (1876) madaniytarixiy muzey, roman cherkovi (11 — 13-asrlar), gotika sobori (13— 16-asrlar) va boshqalar bor. Shahar qo’lyozmalarda ilk bor 805 yilda tilga olingan. 968 yildan Magdeburg arxiepiskopligi markazi, Ganzanyant muhim shaharlaridan hisoblanadi.