Madohil

Madohil (Arabcha — Ostona, eshik) — chapu rost takrorlanuvchi lolasimon shakldagi islimiy naqsh turi; naqsh mujassamotida boshlang’ich (chiqish) nuqta vazifasini o’taydi. 9-13-asrlardan rivoj topgan. Madohil ko’rinishi jihatidan xilma-xil (g’uncha, Lola, gul, uchbarg va boshqalar) shakllardan iborat. Me’morlik va amaliy san’atning deyarli barcha sohalarida keng tarqalgan. Xalq ustalari asosiy shakl orasiga turli xil gullar kiritib, Madohilning go’zal namunalarini yaratganlar: Lola Madohil (g’uncha, Lola shakliga yaqin qilib ishlangan), qo’sh Madohil zanjira (Lola, g’uncha shaklidagi Madohil biri yuqoriga, biri pastga qaratib ishlangan), islimiy Madohil (naqsh taqsimining asosini Madohil shakli egallagan islimiy naqsh turi) va boshqalar.