Mo’minobod
Mo’minobod — jez davri mozorqo’rg’oni (miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmi). Samarqand viloyatiurgut tumani Mo’minobod qishlog’i yaqinida joylashgan. 1964 yil arxeolog D.N.Lev, 1966 yil O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti otryadi (A.A.Asqarov) tadqiqot ishlari olib borgan. Ayollar ko’milgan 5 qabr ochilgan. Qabrda mayyitlar o’ng yoni bilan, boshi g’arbga qarab egilgan holda ko’milgan. Mozordan boy dafn ashyolari — geometrik naqshlar o’yilgan ganchkor xum idish, tilla va jez sirg’alar, usti tilla va kumush bilan qoplangan bilaguzuk, jun ip qoldiqlari saqlangan munchoqlar, uzuk, oynalar va boshqalar topilgan.