Myunts Marionella Vladislavovna

Myunts Marionella Vladislavovna (1922.4.6 – Toshkent – 1995.13.2) san’atshunos, badiiy tanqidchi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1970). O’rta Osiyo untining san’atshunoslik bo’limini tugatgan (1948). Myuntsning ilmiy ishlari O’zbekiston badiiy hayotini yoritishga, o’zbek milliy san’atining shakllanishi va rivojiga bagishlangan. Uning asarlarida R. Axmedov, M. Sodiqov, N. Karaxan va boshqa rassomlar ijodi atroflicha yoritilgan. As: Raxim Axmedov, M., 1976; Nikolay Karaxan, T., 1978; Marat Sadikov, T., 1988.