Vyursburg maktabi

Vyursburg maktabi – 20-asr boshlarida psixologiya va falsafada yuzaga kelgan yo’nalish. Asoschisi — Vyursburg universiteti (Germaniya) professor. O. Kyulpe. Uning rahbarligida K. Byuler, N. Ax, A. Messer, O. Zels, K. Marbe, G. Uott kabi taniqli psixologlar ijod etganlar. Vyursburg maktabi vakillari tafakkur va iroda xususiyatlariga taalluqli muammolar bilan mashg’ul bo’lgan. Tadqiqot uslubiyati o’z-o’zini eksperimental kuzatishdan iborat. Uning mohiyati qo’yilgan savollarga sinaluvchi javob berish bilan chegaralanmasdan, balki bu jarayonda yuz bergan his-tuyg’ularini ham izohdab berishini taqozo etardi. Eksperiment-tajribalar uchun ataylab mutaxassis psixologlar tanlab olingan. Vyursburg maktabi tafakkurni voqeiy olam hissiy timsoli, nutq bilan bog’lanmagan ruhiy hodisa sifatida talqin qiladi. Vyursburg maktabi geshtalt-psixologiyaga ta’sir ko’rsatdi. Vyursburg maktabi 1901-09 yillarda faoliyat ko’rsatib, so’ngra tarqalib ketdi.