Votchina

Votchina — 1) Rossiyada yer egaligining merosiy ravishda o’tadigan qadimgi turi. 10-14-asrlar (Knyaz, boyar, monastir Votchinasi ), 13-15-asrlarda yer egaligining hukmron shakli. 15-asr oxirida pomestega qarshi turgan, lekin 16-17-asrlarda u bilan yaqinlashib, 18-asr boshida birlashib ketgan va yangi tur imenie vujudga kelgan. Keyinchalik Votchina — har qanday feodal yer egaligi. 2) Rossiya tarixiy adabiyotlarida feodal yer egaligi majmuasi va u bilan aloqador tobe dehqonlarga bo’lgan huquqlarni anglatuvchi termin. Votchina sinonimlari — senoriya, Manor, pomeste.