Vagon
Vagon (inglizcha waggon — arava) — temir yo’l izlarida yo’lovchilar va yuklarni tashishga mo’ljallangan transport vositasi. Birinchi marta 18-asrda Angliya, so’ngra Germaniyada paydo bo’lgan. Dastlabki Vagon yog’och izlarda qo’lda yoki ot bilan tortilgan yashik bo’lgan. Vagonning keying taraqqiyoti Angliyada cho’yan izlarning qurilishi bilan bog’liq. Bu izlarda Vagon ot bilan tortilgan. Keyinchalik texnikaning rivojlanishi bilan Vagonlardan Vagonlar majmui (sostavi) tashkil etila boshlandi. Vagonning yo’lovchilar va yuklar tashiladigan, magistral va sanoat transporti uchun mo’ljallangan, keng va tor izda yuradigan xillari bo’ladi. Odatda, Vagonlar o’zicha harakatlanmaydi, Lokomotiv, parovoz va teplovoz tortadigan poezdlar tarkibida harakatlanadi. Motori va boshqarish kabinasi bo’lgan tramvay, metropoliten Vagonlari va maxsus Vagonlar o’zi harakatlanadigan Vagonlarga kiradi. Yo’lovchilar tashiladigan Vagonlarning turlari: yo’lovchilar, pochta, bagaj va boshqalar tashiydigan, shuningdek maxsus (sanitariya, Vagon klub, laboratoriya va boshqalar) Vagonlarga bo’linadi. Yuk Vagonlarining asosiy turlari: yopiq, yarim vagon, platforma, tsisterna, izotermik va maxsus Vagonlar (og’ir va katta hajmdagi yuklar tashiladigan Vagon avtomobil, chorva mollari, tsement, transportyorlar va boshqalar tashiladigan, shuningdek temir yo’lga xizmat qiladigan — Vagon ustaxonalar, o’t o’chirish poezdlari va boshqalar) ga bo’linadi. Har qanday Vagon yurish qismi, rama, tortish moslamasi, Kuzov, avtomat va qo’l tormozlaridan iborat. Yurish qismidagi ressora va prujinalar harakat vaqtidagi silkinishlarni, zarbalarni yumshatadi. Vagon ramasi Kuzov asosini tashkil qiladi, barcha kuchlar shu ramaga tushadi. Tortish moslamasi Vagonlarni bir-biriga yoki Lokomotivga ulashga imkon beradi. Vagonlarni yasashda zanglamaydigan pishiq po’lat, mustahkam .alyuminiy qotishmalari va polimer materiallar ishlatiladi.