Uch shoxli nerv
Uch shoxli nerv — bosh miya nervlarining V jufti. Varoliy ko’prigi bilan miyachaning o’rta oyog’i oralig’ida joylashgan. Sezuvchi, harakatlantiruvchi va vegetativ nerv tolalaridan iborat. Uch shoxli nervning sezuvchi tolalari uch tarmoqqa bo’linadi. 1 shoxi yuzning peshona qismini, boshning oldingi sochli qismini, yuqori qovoqni va burunning tepa qismidagi terini, 2shoxi chakka, burun, yuqori labning shilliq qavatlarini, yuqori jag’dagi tishlar va milklarni, 3shoxi pastki jag’kanali bo’ylab yo’nalib, pastki lab, lunj, engak, tilning shilliq qavatlarini, pastki jag’ tishlarini va milklarini innervasiya qiladi. Uch shoxli nervning harakatlantiruvchi tolalari Varoliy ko’prigida joylashgan harakatlantiruvchi yadro hujayralaridan boshlanadi. Harakatlantiruvchi nerv tolalar chakka, chaynov muskullarini innervasiyalaydi. Uch shoxli nervning ko’p uchraydigan kasalliklaridan nevralgiya kuchli og’riq bilan kechadi.