Ussuriysk

Ussuriysk (1898 yilgacha Nikolskoe qishlog’i, 1926 yilgacha Nikolsk, 1935 yilgacha Nikolskussuriyskiy, 1957 yilgacha Voroshilov) — Rossiya Federatsiyasi Primore o’lkasidagi shahar. Razdolnaya daryosi bo’yida. Vladivostok shahridan 112 kilometr shimolda. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 157,8 ming kishi (2002). Mashinasozlik va kislorod zavodlari, yengil (tikuvchilik fabrikasi, kunpoyabzal birlashmasi), oziq-ovqat (yog’moy, shakarqand, un va go’sht kombinatlari) korxonalari bor. 2 oliy o’quv yurti, 2 teatr, Primore davlat muzeyining bo’limi mavjud. Shahar 1866 yilda barpo qilingan.