Usmonov Mirvohid
Usmonov Mirvohid (1946.9.5, Toshkent) — ganchkor usta, O’zbekiston xalq ustasi (2001). Toshkent politexnika institutining me’morlik fakultetini tugatgai (1972). Usta Maxmud Usmonovning o’g’li, sulola davomchisi. U ijodiy faoliyatini Navoiy teatri binosining ichki bezaklarini ta’mirlashdan boshlagan (1966); O’zbekiston tarixi muzeyi, Toshkent metropolitenining «Buyuk ipak yo’li» va «Amir Temur» bekatlarini hamda Toshkent, Andijon, Samarkand, Buxoro, Termiz shaharlaridagi yirik ma’muriy binolarni bezatishda mualliflik ishlarini bajargan. Xorijiy mamlakatlarda ham yirik binolardagi bezaklarni o’zbek amaliy bezak san’ati an’analarida bajargan (masalan, Malayziyadagi yirik muzey binosi).