Uotson (Watson) jon Brodes
Uotson (Watson) jon Brodes (1878.9.1, AQShning Grinvill shahri — 1958.25.9, Nyu-York) — Amerika psixologi, bixeviorizm asoschisi. Baltimordagi J. Xopkins universiteti professor (1908-20). Uotsonning hayvonlar ustidagi tadqiqotlari asosida vujudga kelgan kontsepsiya introspektiv psixologiya metodlariga ta’sir etish natijasidir. Uotson psixologiyani ob’yektiv eksperimental metodlardan foydalanuvchi tabiiy fanlardan biri sifatida ifodalashga urindi. Butun psixologik faoliyatni Uotson xulq-atvor sifatida talqin qildi. Uotson fikricha, psixologiyaning asosiy vazifasi bilim, malaka, ko’nikma hosil qilish jarayonini o’rganishdan iborat. Uotson hatto tafakkurni yashirin harakatlantiruvchi faoliyat deb bayon qilishga intildi.