Umarov Shodmon

Umarov Shodmon (1918.27.11, Qashqadaryo viloyati Kitob tumani urus qishlog’i — 1984.2.1, Toshkent) — 2 jahon urushi qatnashchisi. 1938 yildan armiya safida. Tbilisi piyoda askarlar bilim yurtini (1942) va harbiy akademiyani tugatgan. 1-Belorussiya fronti (Bryansk), 8-gvardiyachi armiyaning 90-88-gvardiyachi o’qchi diviziyasi 266-gvardiyachi o’qchi polkida batalon komandiri. Polshaning varta daryosidan kechib o’tishda (1945.25.1 )gi jasorati uchun qahramon unvoni berilgan (1945.24.3). Urushdan so’ng o’qituvchi va Toshkent shahri fuqaro mudofaasi shtabi boshlig’i bo’lib ishlagan. Toshkent shahridagi ko’chalardan biri uning nomi bilan ataladi.