Uxuanlar
Uxuanlar — qadimda Mongoliyaning sharqida yashagan va Xitoy manbalarida dun Xu deb atalgan xalqning bir qismi. Miloddan avvalgi 3-asrning boshlarida hundar Uxuanlarni o’ziga bo’ysundirib uxun tog’i yon bag’riga ko’chirtirganlar. Shundan boshlab ular uxuan deb atala boshlagan. Miloddan avvalgi 119 yil Xan imperiyasi qo’shinlari hunlar bilan urushganda, Xitoylar hunlarga qarshi kurashda ulardan foydalanish uchun Uxuanlarni Sharq tomonga ko’chishga majbur qilganlar. Miloddan avvalgi 1-asrning boshlarida Uxuanlar kuchayib nafaqat Xan hukmdorlariga, balki hunlarga ham qarshi harakat qilgan. Ammo hunlar ular ustidan g’alaba qilib, qaytadan o’z fuqaroligiga o’tkazgan. Shundan keyingi 2—3-asrlar davomida Uxuanlar goh xunlar, goh xitoylar ta’sirida bo’lib turgan. Milodiy 207 yil Vey hokimligi hukmdori Tsao Tsao Uxuanlarni tor-mor keltirib, 200 ming nafar kishini asirga olgan. 10 ming oilani esa, Xitoyning Markaziy tekisligiga ko’chiradi, qolgan qismini Manjuriyada qoddiradi. Shundan keyin, Uxuanlar asta-sekin mahalliy xalq bilan aralashib, mustaqil xalq sifatida tarix sahnasidan yo’qolib ketgan.