Ushakov Diodor Vladimirovich

Ushakov Diodor Vladimirovich (1907, Xarkov gubernyasi — 1971.12.4, Toshkent) — teatr rassomi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1965). Leningrad oliy badiiy texnika institutida ta’lim olgan (1926-30). 1937 yildan O’zbekistonda yashagan. Uning ijodi o’zbek teatri dekorasiyasi san’atida naturalistik holatlarga barham berishda muhim rol o’ynadi; I. Valdenberg bilan ijodiy hamkorlikda ishlab Toshkent shahri teatrlari uchun dekoratsiya va libos eskizlari tayyorladi. Hamza teatrining «Otello» (1941), «Romeo va Juletta» (1956), «Hamlet» (1957), «qonli sarob» (1964), «sarvqomat dilbarim» (1964), «Qirol Lir» (1966) va boshqa spektakllari qamda Gorkiy teatrining «so’nggilar» (1939), «dushmanlar» (1948), «chin inson» (1954), «qonli sarob» (1967) kabi spektakllari shular jumlasidan.