Uvologiya
Uvologiya (lotincha uva — uzum va logiya) — vino va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda uzum shingillari va g’ujumining tarkibiy qismlarini hamda uzumni oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo tarzida o’rganadigan kimyo-texnologiya fani. Uvologiya uzumni yangiligida yoki quritib iste’mol etish, saqlash yoki sharbat, vino, shampan, konyak ishlab chiqarish uchun qayta ishlash jihatlaridan o’rganadi. Uzum navlarini uvologik jihatdan tekshirishda ampelografik ma’lumotlarga tayangan holda uzumning tarkibi va xususiyatlari; kimyoviy tarkibi; pishish muddatlari; uzum va undan olingan mahsulotlarning taxlili; tokchilikni reja asosida joylashtirish; vinochilikni ixtisoslashtirish; tok o’stirilayotgan yer sharoiti va tok parvarishi, bu omillarning uzumning mexanik xususiyati va kimyoviy tarkibiga ta’sir etishi o’rganiladi va hokazolar.