Urug’, avlod
Urug’, avlod (lotincha genus) (zoologiyada) — turdan yuqori taksonomik kategoriya, filogenetik jihatdan o’zaro qarindosh turlarni birlashtiradi. Masalan, bo’rilarning o’zaro o’xshash turlari (bo’ri, chiyabo’ri, koyot, it va boshqalar) bo’rilar Urug’iga; tulkilarning oddiy tulki, korsak, afg’on tulkisi va boshqa turlari tulkining Urug’ga birlashtiriladi. Bitta Urug’ga bitta yoki bir nechtadan bir necha yuztagacha tur kirishi mumkin. Masalan, enotsimonlar urug’i, bitta tur enotsimon it, ayrim hasharotlar urug’i mingga yaqin turdan iborat. Odatda, ko’p turga ega bo’lgan Urug’ kenja Urug’ga ajratiladi. Yaqin urug’lar bitta oilaga birlashtiriladi. Lekin Urug’ bilan oila o’rtasida yana kenja oila (oiladan kichik taksonomik kategoriya) ham bo’lishi mumkin. Botanikada Urug’ tushunchasiga mos keladigan taksonomik kategoriya turkum deb ataladi.