Uttar pradesh
Uttar pradesh — Hindistonning shimoliy qismidagi shtat. Himolay tog’larining Janub etagida. Maydoni 240,9 ming km2. Aholisi 166 million kishi (2001), aksari qismi hindu va musulmonlar. Asosiy tili — hindi, aholisining bir qismi urdu tilida so’zlashadi. Ma’muriy markazi — Lakhnau shahri. Yirik shaharlari: Agra, Kanpur, Varanasi, Aligarh, Ilohobod. Yer yuzasi, asosan, tekislik (Hindgang tekisligi), 1/5 qismi Himolay tog’larining Janubiy tarmoqlari (eng baland joyi Nandadevi cho’qqisi, 7816 metr). Iqlimi tropik, mussonli iqlim. Tekislik qismida may oyida o’rtacha temperatura 32°, iyulda 16°. Yillik yog’in 700— 1200 millimetr. Qurg’oqchilik ham bo’lib turadi. Eng yirik daryolari: Gang va uning irmoqlari. Sug’orish kanali ko’p. Iyul — avgustda daryolar to’lib oqadi, ba’zan toshqinlar bo’ladi. Haydalmagan yerlarda palmazorlar va butali, sero’t savannalar bor. Shtat hududining 12% dan ziyod qismi o’rmon. Xo’jaligida qishloq xo’jaligida yetakchi. Asosiy ekinlari: sholi, bug’doy, dukkaklilar, arpa, shakarqamish, paxta, kunjut, tariq, yer yong’oq, kartoshka. Chorvachilikda sut chorvachiligi rivojlangan. Sanoati, asosan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalardan iborat. Oziq-ovqat, ko’npoyabzal, to’qimachilik, qog’oz, tamaki, aniq priborlar, elektr uskunalari korxonalari, mexanika va temir yo’l ustaxonalari bor. Agrada shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilikda gazlama, kalava ip, poyabzal, mebel, zargarlik buyumlari tayyorlanadi. Shtatda untlar va boshqa oliy o’quv yurtlari bor. Uttar pradesh — qadimgi hind madaniyati markazi. Axrada mashhur Toj mahal saroyi bor. Turizm rivojlangan.