Usto Mo’min

Usto Mo’min (taxallusi; asli Nikolayev Aleksandr Vasilevich) (1897.30.8, Voronej 1957.27.6, Toshkent) — rangtasvir ustasi, grafik rassom. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1950). Moskvadagi Bichkuri rassomlik studiyasida (1916-18) va erkin ustaxonalarda ta’lim olgan. 1920 yildan O’zbekistonda. Ko’pgina asarlarini Levkasga tempera usulida ishlagan. Usto Mo’min ijodining ma’lum davrida miniatyura san’ati ta’sirida asarlar yaratgan («Kuyov», «sallali yigit», «bedanabozlar» — 20-yillar). Usto Mo’min ijodi uchun realistik rasmning aniq va tugallanganligi xos, obrazlarning badiiy ifodasida mayin chiziqlar, jonli shakllar muhim ahamiyat kasb etgan: «Bahor» (1924), «Boy» (1932), «Xo’ja Nasriddin bozorda», «Uyg’ur raqsi» (1944) va boshqalar. Abdulla Qodiriyning «Obid ketmon» (1935), M. Kozimiyning «ko’rqinchli Tehron» va boshqa asarlarni badiiy bezagan. «Pravda Vostoka», Usto Mo’min (A. Nikolaev). «Bahor» (1932). «Qizil O’zbekiston» gazetalari, «mushtum» jurnalida ishlab, rasm va karikaturalari bilan qatnashgan, plakatlar yaratgan.