Usay, Xussey (Houssay) Bernardo Alberto
Usay, Xussey (Houssay) Bernardo Alberto (1887.10.4, Buenos Ayres — 1971.21.9) — argentinalik fiziolog. Argentina biologiya jamiyatining prezidenti. Buenos Ayres universitetini tugatgan, shu joyda professor (1910 yildan; tibbiyot doktori, 1911). Buenos Ayresda biologiya va eksperimental tibbiyot institutiga asos solgan va direktori bo’lgan (1943-55). Ilmiy faoliyati fiziologiya va endokrinologiyaga oid. Qalqonsimon bez, gipofiz, buyrak usti bezi po’stlog’i gormonlarining uglevodlar almashinuvidagi ahamiyatini, shuningdek, qandli diabet kasalligida uglevodlar almashinuvi izdan chiqishini aniklagan. AQSh Milliy faning xorijiy a’zosi, London Qirollik jamiyati va boshqa. Fanlar Akademiyasi hamda jamiyatlar a’zosi. Nobel mukofoti laureati (1947).