Ujjayn

Ujjayn — Hindistonning Markaziy qismidagi shahar. Madhya-Pradesh shtatida. Vindhya tog’ining shimol etagida joylashgan. Aholisi 365 ming kishidan ziyod (1990- yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. To’qimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda turli buyumlar tayyorlanadi. Ujjayn hindularning 7 «muqaddas» shaharidan biri, diniy ziyorat markazlaridan. Shahar miloddan avvalgi 7-asrda bunyod etilgan. Qadimgi hind geograflari shartli Bosh meridianni u. orqali o’tkazganlar. Shahardan Janubda 1730 yilda qurilgan Jaysingx rasadxonasi bor.