Uzatish nisbati

Uzatish nisbati mashina mexanizmlari, shu jumladan, aylanma harakatlanuvchi uzatmalarning asosiy ko’rsatkichlaridan biri. Mexanizm aylanuvchi zvenolarining burchak tezliklari yoki aylanish chastotalari (sonlari) nisbati bilan belgilanadi. Odatda, Uzatish nisbati mexanizmning yetakchi (harakatlantiruvchi) zvenosi burchak tezligi (yoki aylanishlar soni) bilan yetaklanuvchi (harakatlanuvchi) zvenosi burchak tezligi (yoki aylanishlar soni) orasidagi nisbatni bildiradi (l = ~or) Uzatish nisbati oddiy mexanizmlar (tishli g’ildiraklar jufti, chervyakli, tasmali uzatmalar va boshqalar) uchun ham, ko’p zvenoli murakkab mexanizmlar (ko’p pog’onali reduktorlar, planetar reduktorlar, uzatmalar va boshqalar) uchun ham taalluqli. Mexanizmlar (ayniqsa, ilashma uzatmalar) uchun Uzatish nisbati tushunchasi bilan birga uzatish soni termini ham ishlatiladi.