Uruk
Uruk — 1) Janubiy Mesopotamiyada miloddan avvalgi 4-ming yillikda tarqalgan eneolit davri arxeologik madaniyati. Uruk shahri nomi bilan atalgan. Mahobatli me’moriy inshootlar («qizil bino» va «Oq ibodatxona» xarobalari ochilgan); sopol buyumlar, Shumer tilida bitilgan yozuvli taxtachalar, muhrlar chiqqan. Xo’jaligi: dehqonchilik, misni qayta ishlash, chorvachilik bo’lgan; 2) Shumerpyati shahardavlat (shumeriycha — unug, Bibliyada — Erex, yunoncha — Orxoya). Miloddan avvalgi 28-27-asrlarda (epik rivoyatlarda saqlanib qolgan yarim afsonaviy hukmdorlar Enmerkar, Lugalband, Gilgameshlar davrida) Janubiy Mesopotamiyadagi shahardavlatlar Uruk gegemonligi ostida bo’lgan (Urukning 1-sulolasi). Miloddan avvalgi 24-asrda Lugalzaggisi davrida Uruk Shumer poytaxti edi. 22-asr oxirida Uruk podshosi Utuxegal ikki Daryo oralig’ida «Shumer va Akkad podsholigi» barpo etgan, uning vafotidan so’ng hokimiyat UrNammu — Urning Shsulolasi asoschisi qo’liga o’tgan. Uruk miloddan avvalgi 1-ming yillik oxiriga qadar muhim shaharligicha qolgan. Miloddan avvalgi 8-2-asrlarda — Bobil, so’ngra Axomaniylar va Salavkiylar davlati tarkibidagi Muxtor sajdagoh shahar. Milodiy 3-asrda sosoniylar tomonidan vayron qilingan. Uruk o’rnida hozirgi Varka posyolkasi (Nosiriya shahridan 65 kilometr shimoli g’arbda) joylashgan. Urukda nemis arxeologlari tomonidan 20-asr boshidan muntazam ravishdagi arxeologik qazish ishlari olib borilgan.