Ursol kislota

Ursol kislota, S29N46(ON) Soon — triterpenlar sinfiga oid organik kislota, oq kristall modda. Molekulyar modda 456,37, suyuqlanish temperaturasi 112°. Suvda erimaydi, spirt, xloroform va boshqa qutblangan organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Ursol kislota olma mevalarining chiqindilaridan (quritilgan po’chog’idan) Sosklet apparatida spirt bilan ekstrasiyalab olinadi. Klyukva turupi (chiqindisi) ni xloroform bilan ekstraktsiyalab ham Ursol kislotani ajratib olish mumkin. Ursol kislota biologik faol modda, yurakni oziklantiradigan vena qon tomirlarini kengaytirib, natriy ionlarini saqlab qolish xususiyatiga ega; virusga va yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Ursol kislotaning metil efiri — emulgator.