Mayya yozuvi
Mayya yozuvi — indeys xalqlaridan biri — mayyalarning o’ziga xos Ieroglifik (so’z-bo’g’inli) yozuvi. 18-20-asrlarda topilgan 4 ta yozma yodgorlik Drezden, Parij, Madrid, va Nyu-York shaharlarida saqlanadi. Ular milodiy 1-asrga mansub. Shuningdek, Mayya shaharlari xarobalarida toshlarga yozilgan, biroq ataylab shikaet etkazilgan bir qancha toshbitiklar ham aniqlangan. Mayya yozuvi 16-asrgacha, ispan cherkovi taqiqlaguncha amalda bo’lgan. Mayya yozuvida harf yoki bo’g’inni ifodalovchi (fonetik), butun bir so’zni bildiruvchi (ideografik), shuningdek, o’qilmasada, so’z ma’nosini tushuntiruvchi (ochqich) belgilar qo’llangan. Hammasi bo’lib 300 ga yaqin belgi aniqlangan. Ieroglifik matnlar tili talaffuz, so’zlar tarkibi, grammatik jihatlardan 16-17-asrlardagi Mayya so’zlashuv tilidan farq qilgan. Mayya kitoblari maxsus usul va vositalar bilan tayyorlangan, har ikki tomoniga ohak surtilgan qog’oz tasmalariga chutka bilan yozilgan. Mayya yozuvini o’qib o’rganish harakati 19-asr o’rtalarida boshlangan bo’lsada, qog’ozga va toshga yozilgan matnlar hozirgacha to’liq tarjima qilinmagan.